Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti 2022 o‘quv yili uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) da o‘qish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilishni e’lon qiladi
28.
09. 2021
18:37
4515
Yangiliklar

TAYANCH DOKTORANTURA (PhD) ga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha:

– 11.00.05 – Atrof muxit muhofazasi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo‘yicha;

Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

– magistr darajasiga ega bo‘lganlar;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida BITTA maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplom nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

DOKTORANTURA (DSc) ga quyidagi ixtisoslik bo‘yicha:

– 11.00.05 – Atrof muhit muhofazasi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo‘yicha;

Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

– fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
– fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Hujjatlarni topshirish muddati 2021 yil 15 oktyabrgacha.

Bog‘lanish uchun telefon: (+998) 94 603-86-57;  (+998) 97 775-13-90; (+998) 93 534-55-98;
 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar