Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati xalqaro ilmiy mutaxassislar nigohida
28.
09. 2021
10:11
4587
Tadbirlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasida «FALCON HUNTING SOLUTIONS» ko‘magida Yevropa ilmiy jamoatchiligi vakili, biologik fanlar doktori Mark Kolin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning maqsadi tuyoqli jonivorlar sonini nazorat qilish masalalarida xalqaro tajribani o‘rganish, mamlakatimizdagi Buxoro bug‘isi bo‘yicha tavsiyalarni olish hisoblanadi.

Frantsuz olimi tashrif doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, «FALCON HUNTING SOLUTIONS» vakillaridan iborat guruh tarkibida Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervatida bo‘lib, hudud bioxilma-xilligi, u yerdagi Buxoro bug‘isi soni bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi mutaxassislari Buxoro bug‘isini Baday-To‘qay hududidan Nazarxon biorezervati va Xorazm milliy tabiat bog‘i hududiga ko‘chirish rejasiga oid chora-tadbirlar bilan tanishtirdilar.

Olim ish faoliyatda jonivorlarni sun’iy tanlab olish yo‘li bilan ular sonini nazorat qilish bilan bog‘liq ilmiy yondoshuvdan foydalanish, shuningdek, tabiiy sharoitda o‘lgan jonivorlar ustida qo‘shimcha ravishda tadqiqotlar o‘tkazishni tavsiya qildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar