Toshkent shahri. Hamkorlik memorandumi imzolandi
27.
09. 2021
14:50
4497
Yangiliklar

Joriy yilning 27 sentyabr kuni Xalqaro turizm kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport ishlari vazirligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Memorandum turizm va ekologiyani barqaror rivojlantirish, atrof-muhit va sayyohlik resurslarini muhofaza qilish, ekoturizm va agroturizm sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma tadbirlar (konferentsiyalar, forumlar, mahorat darslari va boshqalar.) va o‘quv adabiyotlarini tayyorlash, o‘zaro qiziqtiruvchi konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan. Shuningdek, hamkorlik doirasida xalqaro donor tashkilotlarga qo‘shma loyihalarni taqdim etish rejalashtirilgan.

Ushbu Memorandumning imzolanishi ekoturizm va agroturizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga yangi turtki beradi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar