Ekonazorat: Xorazm viloyati. Urganch tuman "Cholish Blok Post" da saksovulchilar ushlandi
12.
09. 2021
12:34
3803
Yangiliklar

2021 yil 12 sentyabr kuni Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat IIB hodimlari bilan Urganch tuman "Cholish" blok postida o‘tkazilgan Ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida fuqaro M. Nazarov o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat raqami 90 V 062 NA bo‘lgan ISUZU rusumli yuk mashinasida xech qanday tegishli ruxsatnomasiz davlat zaxira yerlaridan tabiiy holda o‘sib turgan "Saksovul" o‘simligini qo‘parib olib kelayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat bo‘yicha fuqaro M. Nazarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1.350.000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar