Joriy yil 27 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasining III S’ezdi bo‘lib o‘tdi
30.
08. 2021
07:40
4215
Yangiliklar

Tadbirda Markaziy Kengashi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, hududlardan saylangan delegatlar, partiya faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

S’ezdda 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi hamda Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J. Kazbekov so‘zga chiqib, atrof-muhit muhofazasida kompleks yondoshuv zarurligini takidlab o‘tdi.

Delegatlar tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning Saylovoldi dasturi bir ovozdan ma’qullandi.

Ekologik partiyasining III S’ezdi

Ekologik partiyasining III S’ezdi

Ekologik partiyasining III S’ezdi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar