"Shuhrat" medali muborak bo‘lsin!
26.
08. 2021
09:52
4234
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Jiemuratov Tleubay Tenelbaevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Mo‘ynoq tumani inspektsiyasining bosh mutaxassisi «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Bag‘rikenglik, g‘amxo‘rlik, sahovatpeshalik bilan fazilatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘lib, hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lib kelayotgan hamkasbimizni bu yuksak e’tirof bilan muborakbod etib, sihat-salomatlik, uzoq umr, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar