Milliy reyting natijalari
13.
08. 2021
12:46
5211
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi»ning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan Milliy reyting tizimini joriy etish yuzasidan tegishli topshiriq belgilangan.

Shu munosabat Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan Ilmiy tashkilotlarning 2020 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingi tizimi ishlab chiqildi va natijalari e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muxitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muxofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Milliy reytingda 105 ta ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida 21-o‘rinni egalladi.

Ilmiy tashkilotlarning 2020 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari reytingi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar