Farg‘ona viloyatida sayyor qabul
03.
08. 2021
16:45
3823
Yangiliklar

2021 yil 3 avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan Farg‘ona shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Fuqarolarning hayotiy ehtiyojlarini o‘rganish, mavjud muammolarni imkon qadar joyida hal etish bilan bog‘liq masalalar mas’ul rahbarlarning diqqat-e’tiborida bo‘ldi.

Ochiq muloqotda noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelishi, ularni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketmaslik, atmosfera havosini muhofaza qilish, shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilayotgan zararlar, moratoriy davrida daraxtlarning kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat ekologik nazoratni kuchaytirish bilan bog‘liq murojaatlar bayon etildi.

Mazkur sayyor qabulda murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladiganlarga mas’ul ijrochilar biriktirilib, qisqa muddatda yechim topish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar