DBRK va Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi
27.
07. 2021
17:07
4826
Yangiliklar

Joriy yilning 26-27 iyul kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Bokijonov boshchiligidagi delegatsiyasi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo konferentsiyasida ishtirok etdi.

Konferentsiya davomida Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasi (DBRK) va Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlimga o‘zgarishiga barqarorlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun: Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasi - Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlikning mintaqaviy mexanizmi. 2019 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasining raisi hisoblanadi.

Ushbu hujjat tomonlar o‘rtasida quyidagi mintaqaviy dasturlar doirasida hamkorlik o‘rnatishni nazarda tutadi, ularning umumiy miqdori 20 million AQSh dollaridan ortiq:

– «Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda yerdan kompleks foydalanish»;

– «Orol dengizi mintaqasining ekologik yo‘naltirilgan mintaqaviy rivojlanishi»;

– «Yashil Markaziy Osiyo»;

– «Kam uglerodli iqtisodiy rivojlanish uchun Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash».

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu 2030 yilgacha Markaziy Osiyoni barqaror rivojlanishi bo‘yicha atrof-muhitni muhofaza qilish mintaqaviy dasturini amalga oshirishda yordam berishdir, uning doirasida germaniyalik hamkorlar DBRK bo‘linmalari mutaxassislari, shu jumladan DBRK Ilmiy Axborot Markazi bilan birgalikda faoliyat olib borishi uchun integratsiyalashgan xalqaro ekspertni jalb qilishni rejalashtirmoqdalar.

Erishilgan kelishuvlarni amaliy tadbiq etish maqsadida maqsadida Mintaqaviy dastur doirasida tegishli Yo‘l xaritasi va maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi.

Memorandum imzolandi

Memorandum imzolandi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar