Namangan viloyati: Murojaatga munosabat
27.
07. 2021
13:43
4239
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ochiq suv xavzasiga, ya’ni Norin daryosining Uychi tumanidan oqib o‘tuvchi qismiga kanalizatsiya tarmog‘idan oqova suvlarni daryoga tashlash bilan bog‘liq murojaat 2021 yil 26 iyul kuni Namangan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va boshqarmaning nazorat sohasidagi Uychi tuman inspektsiyasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida murojaat o‘z tasdig‘ini topdi. Kanalizatsiya tarmog‘idan oqova suvlarining Norin daryosiga oqib tushish sabablari o‘rganilganda, «Uychi-Namangan» oqova suv kollektori va Chortoqsoy ostidan o‘tayotgan dyuker qismida nosozliklar mavjud ekanligi aniqlandi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Uychi-Namangan kanalizatsiya tarmog‘ining qurilishi, «Uychi-Namangan» oqova suv kollektori va Chortoqsoy ostidan o‘tayotgan dyuker qismini ta’mirlash ishlari «Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish» injiniring kompaniyasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi buyurtmachiligi asosida «Yangi avlod» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borilmoqda hamda buning uchun kerakli mablag‘ ajratilgan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha ayni vaqtda «Namangan suv ta’minoti» hududiy «Oqova tozalash bo‘limi» hamda «Namangan viloyatida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi» tomonidan pudratchi korxona texnikalari jalb qilingan xolda «Uychi-Namangan» oqova suv kollektori va Chortoqsoy ostidan o‘tayotgan dyuker qismidagi nosozliklar aniqlanib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ayni damda «Oqava tozalash bo‘limi» Uychi tuman filialining suv o‘tkazish qurilmasi tegishli tashkilotlar tomonidan muhrlangan.

Batafsil ma’lumotlar muammo to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar