Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining sayyor qabuli o‘tkaziladi
25.
07. 2021
14:13
5026
Yangiliklar

2021 yilning 26 iyul kuni soat 11:00 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarni qiynab kelayotgan sohaga oid muammoli masalalarni o‘rganish hamda ularni ijobiy hal qilishdir.

Mazkur qabulda davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Maqsudov Alisher Irkinovich bilan bir qatorda Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i hamda boshqarma markaziy apparati xodimlari ishtirok etadi.

Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi, 21 "A" uy.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar