Toshkent shahri. «Yashil tashabbus» aktsiyasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
23.
06. 2021
15:05
4825
Yangiliklar

Joriy yilning 29 va 30 iyun kunlari «Yoshlar kuni»ga bag‘ishlab o‘tkaziladigan «Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik» shiori ostidagi «Talaba va yoshlar forumi» doirasida bo‘lib o‘tadigan aktsiyaga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borilmoqda. Bugun erta tongdan Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Boqijonov «Yashil tashabbus» aktsiyasini yuqori saviyada tashkillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ularning huquqlarini himoya qilish, o‘qishi va ishlashi, yaxshi hayot kechirishi uchun munosib va yetarlicha shart-sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, bu borada samarali choralarni amalga oshirish hozirgi davrning dolzarb va muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini ijtimoiy va ekologik sohalarda joriy etilishi yuzasidan tavsiyalarini berdi. "Yashil tashabbus" aktsiyasini o‘tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar