Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida
04.
06. 2021
18:59
4556
Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining «Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2021 yil 3 iyunda 343-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror 15 ta bo‘lim 9 ta ilovadan iborat bo‘lib, qaror 2021-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit monitoringi dasturini o‘zi ichiga olgan.

Shu bilan birga, qaror doirasida korxona va tashkilotlarda atrof-muhitning ifloslanish manbalari monitoringi va davlat ekologik nazorati o‘rnatilib, atrof-muhit monitoringi tizimining ishlash sifati oshiriladi, natijada atrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini muntazam baholab borish va prognoz qilish imkoni yaratiladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar