Toshkent viloyati. Chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish tadbirlari ko‘zdan kechirildi
21.
05. 2021
21:53
5097
Ekanadzor

2021 yil 21 may kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov Toshkent viloyatiga xizmat safari doirasida Bo‘stonliq tumanidagi chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish ishlari bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yildagi qarori bilan tasdiqlangan «2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiya» doirasida poligonlarga ko‘mish uchun yo‘naltiriladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmini kamaytirish, sanitariya va ekologik me’yorlar talablariga muvofiq keladigan zamonaviy qattiq maishiy chiqindi poligonlarini yaratish, shuningdek, mavjud poligonlarni yopish va rekultivatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish belgilangan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar