Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatining Global yashil o‘sish instituti (GGGI)ning vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuvi
18.
05. 2021
08:27
3660
Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 17 may sanasida Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatining Global yashil o‘sish instituti (GGGI)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Aaron Rassel bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi A.maksudov A.Rasselni GGGIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o‘z ishini boshlaganligi bilan tabrikladi.

Uchrashuv davomida tomonlar GGGIning huquqiy maqomi, imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risidagi Bitimni imzolash, ushbu tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasini ochish hamda «Orol dengizi inqirozining ta’sirini bartaraf etish uchun Orolbo‘yi hududi uchun yashil tiklanish sarmoyasi» qo‘shma loyihasini amalga oshirish kabi masalalar muxokama qildilar.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi uchun milliy dasturini ishlab chiqish va uning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga kelishib oldilar.

Global yashil o‘sish instituti (GGGI)ning vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuvi

Global yashil o‘sish instituti (GGGI)ning vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuvi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar