Samarqand viloyati. Nurobodda ekologiya va yoshlar mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
23.
04. 2021
13:49
5452
Yangiliklar

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Nurobod tuman nazorat inspektsiyasi davlat inspektorlari, tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida, joriy yilning 22 aprelь kunida tumanning 2-umumtaъlim maktabida yoshlari bilan uchrashuv tadbiri o‘tkazdi.

Tadbir davomida 22-aprelь «Butunjahon Yer kuni» munosabati bilan Ona sayyoramiz mavzusiga to‘htalib, Ona tabiat va Ona Yer sayyorasi bilan uyg‘unlikni taъminlashi zarurligi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, o‘quvchi yoshlar tomonidan yo‘llangan sohaga oid savol va takliflar atroflicha o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarning joyida bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar