Kecha, 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov Samarqand viloyatida bo‘lib, viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida boshqarma xodimlarini qiynab kelayotgan sohaga oid muammolli masalalarni o‘rganib, ularni ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, viloyatda boshqarma va uning quyi tizimlari tomonidan 2021 yilning o‘tgan birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlar tahlil qilinib, talab va takliflar o‘rganildi.
Sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati