Davlat ekologiya qo‘mitasida mintaqaviy loyiha taqdimoti
31.
03. 2021
21:21
6017
Yangiliklar

2021 yil 31 mart kuni Davlat ekologiya qo‘mitasida AQSh Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID)ning suv resurslari va atrof-muhit Mintaqaviy loyihasining videokonferentsiya shaklidagi taqdimot seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J.Kazbekov, Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Nazarov, USAIDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori vazifasini bajaruvchi Syuzen Fayn va USAIDning mintaqaviy loyihasi rahbari Richard Volk ochib berdilar. Tadbirda mintaqaviy loyiha maqsad va vazifalari hamda uning doirasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tish joizki, «Suv resurslari va atrof-muhit» mintaqaviy loyihasi 2020 yil oktyabridan 2025 yil sentyabrgacha amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 24,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha obъektlari - Sirdaryo va Amudaryo suv havzalari. O‘zbekiston Respublikasida milliy hamkor sifatida Suv xo‘jaligi vazirligi hamda benefitsiar sifatida Davlat ekologiya qo‘mitasi tayinlangan.

Loyihaning maqsadlariga havzalar darajasida suv resurslarini kompleks boshqarish, salohiyatini oshirishga ko‘maklashish, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonda umumiy suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, barqaror iqtisodiy rivojlanish va barqaror ekotizimlarni yaratish kiradi.

Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarda tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

– «suv-energetika-oziq-ovqat» munosabatlariga yo‘naltirilgan taъlim va o‘quv dasturlarini takomillashtirish;

– milliy darajadagi kichik havzali kengashlarning faoliyati, barqarorligi va aloqalarini yaxshilash;

– mintaqaviy hamkorlik va umumiy suv resurslarini boshqarish sohasida ilg‘or amaliyotni qo‘llash;

– atrof-muhitni boshqarish: mintaqaviy va milliy ekologik muammolarni hal qilish.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasida mintaqaviy loyiha taqdimoti

Davlat ekologiya qo‘mitasida mintaqaviy loyiha taqdimoti

Davlat ekologiya qo‘mitasida mintaqaviy loyiha taqdimoti

Davlat ekologiya qo‘mitasida mintaqaviy loyiha taqdimoti

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar