Sirdaryo viloyati: Rasmiy munosabat
16.
03. 2021
18:44
5188
Ekanadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumani «Shirin» mahallasi hududida erta tongdan daraxt kesilayotgan holat tushirilgan videomurojaat Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda tuman hokimiyati mutasaddilaridan iborat tezkor guruh tomonidan o‘rganish olib borilayotgan edi.

O‘rganish davomida Sirdaryo tuman «Shirin» mahallasida 3 turdagi jami 7 dona daraxtlar kesilib, ushbu mahallada yashovchi fuqaro I. Tangirkulov xonodoniga to‘kilgani aniqlandi. Ushbu holat «Shirin» MFY binosi yaqinida fuqaro M. R. ning topshirig‘i bilan yollanma ishchi N. K. tomonidan jami 3 turdagi 7 dona manzarali daraxtlarni Davlat ekologiya organlari xulosalarini olmasdan noqonuniy ravishda kesilgan.

Ushbu huquqbuzarlik yuzasidan jami 116 mln 620 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar miqdori aniqlandi. Holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar