Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya agentligi (GIZ) vakillari bilan uchrashuv
04.
03. 2021
16:02
5596
Yangiliklar

2021 yil 4 mart kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlatlararo borqaror rivojlanish komissiyasi Ilmiy axborot markazining  O‘zbekistondagi filiali mutaxassislari Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya agentligining mintaqaviy dasturi vakillari bilan uchrashdilar. 

Uchrashuvda «Orolbo‘yi mintaqasida ekologik yo‘naltirilgan rivojlanish» loyihasi menedjeri Paul Shumaxer, loyihaning mamlakatdagi koordinatori Saibjabbor Xasanov hamda loyiha maslahatchisi Julian Felten ishtirok etdi.

Tomonlar loyiha doirasida geoaxborot tizimi orqali atrof-muhit monitoringi, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik turizmni rivojlantirish, ekologiya sohasida olmon mutaxassislarini jalb etgan holda kadrlar salohiyatini oshirish, tajriba almashish yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Foydali manbalar