Davlat ekologiya qo‘mitasi mas’ullari «Zangiota obodon» MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishishdi
28.
02. 2021
18:00
4999
Ekanadzor

Bugun, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Boqijonov boshchiligidagi bir guruh soha mutaxassislari Toshkent viloyatiga safar uyushtirishdi. Safar asnosida soha mutaxassislari «Zangiota obodon» MChJning Toshkent tumanida yangi barpo qilingan chiqindilarni saralash zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, yangi barpo etilgan korxonada 100 nafarga yaqin ishchi-xodim ish bilan ta’minlangan. Korxona kuniga o‘rtacha 75 tonna chiqindini saralab, qariyb 5 tonna ikkilamchi xom ashyo ajratib olmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi soha mutaxassislari tadbirkorlarga chiqindi tarkibidagi qo‘shimcha foydali mahsulotlarni ajratib olish uchun zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o‘z takliflarini berishdi.


ANVAR ShEROV,
www.waste.uz muxbiri

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar