Ozon qatlamini muhofaza qilish. Monreal protokoli mukofotiga nomzod sifatida O‘zbekiston qo‘yildi
22.
02. 2021
20:06
5872
Tadbirlar

2021-yil 19-fevral. Toshkent, O‘zbekistonO‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi yer yuzida hayot faoliyatining mavjud bo‘lishida o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ozon qatlamini himoya qilish va saqlash sohasida yaqindan hamkorlik qilmoqdalar. 2016-yilda O‘zbekiston ozon qatlamini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturining (YUNEP) Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari (YMO) uchun Ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha mintaqaviy tarmog‘ining 16 ta mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining gidroxloroftoruglerodlar (GFXU) va gidroftoruglerodlarga (GFU) nisbatan savdo cheklovlari va taqiqlarni kiritishda muhim rol o‘ynayotganliklarini e’tirof etadi. Bu kimyoviy moddalarning har ikki guruhi xladagent va ko‘piklashtiruvchi moddalar sifatida keng qo‘llaniladi.

Bu yil Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari bojxona qo‘mitasidagi hamkasblari bilan birgalikda yana bir bor «2019-2020 yillarda YeMO mamlakatlari Monreal protokolining V mukofoti»ga nomzod bo‘lishdi. Bu esa O‘zbekistonning atrof-muhitni himoyalash va muhofaza qilish borasida mintaqaviy va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga bel bog‘laganini yana bir bor ko‘rsatib beradi. Bu sohadagi boy tajriba Ozonni yemiruvchi moddalar to‘g‘risidagi Monreal protokoli doirasida mamlakatning xalqaro majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq masalalarda O‘zbekistonning nufuzini oshirishga yordam beradi.

Davlat ekologiya qo‘mitasining ta’kidlashicha, O‘zbekiston Monreal protokoliga qat’iy amal qiladi hamda bugungi kunda Davlat ekologiya qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMT TD) va Global ekologik jamg‘armasi (GEJ) ning «O‘zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali gidroxlorftoruglerod (GXFU) ni butunlay iste’moldan chiqarish» hamkorlikdagi loyihasi doirasida tizimli va samarali ish olib borilmoqda. Bu esa, 2030-yilgacha ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni iste’moldan butunlay chiqarib tashlashga yordam beradi.

Ushbu mukofot mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashi barobarida bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari jamoatchiligining xabardorligini oshiradi. Shuningdek, ushbu tashabbus bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ko‘plab ekologik bitimlarga rioya qilinishini keng jamoatchilik tomonidan tan olinishida va inson salomatligini muhofaza qilish va sayyoramizni kelajak avlodlar uchun saqlashda muhim rol o‘ynaydi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar