Farg‘onada «Biz tabiatni sevamiz» shiori ostida ko‘chat ekish aktsiyasi o‘tkazildi
18.
02. 2021
22:12
5824
Yangiliklar

Joriy 2021 yilni «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e’lon qilindi. Shu boisdan, Farg‘ona viloyat ekologiya boshqarmasi tomonidan yil boshidan yoshlar bilan birgalikda turkum tadbirlar va aktsiyalar o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri, joriy yilning 18 fevral kuni Qo‘qon shahridagi 9 hamda O‘zbekiston tumanining 30-umumta’lim maktablarida «Biz tabiatni sevamiz» mavzusida ko‘chat ekish aktsiyasi o‘tkazildi. Tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov, viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Baxromjon Kasimov, shahar prokuraturasi, Qo‘qon shahar va O‘zbekiston tuman nazorat inspektsisi davlat inspektorlari boshchiligida, o‘quvchi yoshlar bilan birgalikda maktab hududilarga ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirildi. Tadbirda ko‘chat ekish bilan bir paytda, maktab hududidagi daraxtlarni oqlash, ularga shakl berib, sug‘orish hamda parvarishlash ishlari ham tashkillandi.

Bugun start olgan maxsus dasturga asosan maktablar hududlariga 200 tup ko‘chat, jumladan, 40 ta qarag‘ay, 50 tup archa, 30 dona terak, 60 dona pavloniya va 20 dona sosna ko‘chatlari ekildi. Ushbu hayrli ishlardan ko‘zlangan maqsad havo ifloslanishining oldini olish, o‘quvchilvrning salomatligini asrash va ularning ongida ona tabiatimizga bo‘lgan mehr-muhabbatini, qiziqishini yanada shakllantirishdan iborat.

Ko‘chat ekish aktsiyasi davom etadi.

Barcha viloyatimizdagi yoshlarni bu aktsiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

«Press-konferentsiya

«Press-konferentsiya

«Press-konferentsiya

«Press-konferentsiya

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar