Farg‘ona viloyati. «SANFA VAYBER» MChJ ga tashrif
12.
01. 2021
19:33
5364
Yangiliklar

2021 yil 12 yanvar kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi A. Maksudov Farg‘ona viloyatiga xizmat safari doirasida Farg‘ona shahridagi chiqindilarni qayta ishlovchi «SANFA VAYBER» MChJ ga tashrif buyurdi.

Mazkur korxona bir yilda 2000 tonna plastmassa idishlarni qayta ishlab, sintifon va sport to‘shamalarini ishlab chiqaradi.

Tashrif davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi mazkur korxona faoliyati va yangi keltirilgan texnikalar bilan yaqindan tanishdi.

Shuni ta’kidlash lozimki, chiqindilarni qayta ishlovchi mazkur texnikalar bir kunda o‘rtacha 15-20 tonna, bir yilda esa 4500 tonna chiqindini qayta ishlashga mo‘ljallangan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar