Farg‘ona viloyati. «Mehrigiyo» korxonasiga tashrif
12.
01. 2021
18:27
5293
Yangiliklar

2021 yil 12 yanvar kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi A. Maksudov Farg‘ona viloyatiga xizmat safari doirasida Uchko‘prik tumanidagi shifobaxsh o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan «Mehrigiyo» korxonasiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Korxona dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ularni qayta ishlash asosida 130 ga yaqin shifobaxsh choy, sharbat va asalli mahsulotlarni tayyorlaydi.

Korxonada nafaqat yurtimiz tabiatida uchraydigan, balki xorijdan keltirilgan nabotot namunalarini parvarishlash ham yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur korxonaga 22,4 gektar yer maydoni ajratib berilgani shu yerning o‘zida shifobaxsh o‘simliklarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni kunlarda rozmarin, guava, zaytun, atirgul, mushmula kabi 50 turdan ziyod dorivor o‘simliklar parvarishlanmoqda.

«Меҳригиё» корхонасига ташриф

«Меҳригиё» корхонасига ташриф

«Меҳригиё» корхонасига ташриф

«Меҳригиё» корхонасига ташриф

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar