Murojaatga munosabat
30.
12. 2020
13:41
5529
Ekanadzor

14 dekabrь kuni ijtimoiy tarmoqlar orali «Zooqamoqxona. Qachon O‘zbekistonda hayvonlar ustidan masxara qilish to‘xtatiladi» sarlavhasi ostida tanqidiy xabar eъlon qilindi. Unda viloyat Markaziy madaniyat va istirohat bog‘i hududida yovvoyi hayvonlarni saqlash joyi tashkil etilganligi, u joydagi holat sanitariya-gigienik talablariga javob bermasligi, mazkur joyda hayvonlar uchun yetarli shart-sharoit yaratilmaganligi sababli ularning qiynalayotgani, bunga o‘xshash «hayvonot bog‘lari» yosh avlod ongida hayvonlarga nisbatan salbiy taassurot qoldirishi bayon etilgan.

Murojaat Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

O‘rganish davomida jonivorlar alohida qafaslarda saqlab kelinganligi hamda mahalliy ratsion asosida oziqlantirib kelinganligi maъlum bo‘ldi.

Buxoro shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari veterinariya xizmatini ko‘rsatgan. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va oziqlantirish uchun hayvonot bog‘ida yetarli sharoit yaratilgan va masъullar biriktirilgan. Kunlik oziqlantirish ratsioni mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, qishki mavsum uchun yetarli ozuqa zaxirasi yaratilgan.

O‘rganishdan so‘ng hayvonot bog‘i masъullariga atrofni va hayvonlar saqlanadigan qafaslarni toza saqlash, hayvonlarni oziqlantirishni kunlik ratsionga muvofiq olib borish, hayvonlarni tomosha qilish uchun keladigan fuqarolarga sharoit yaratish bilan bog‘liq tavsiyalar berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar