ECOFUND elektron dasturi amaliyotga joriy etildi
25.
12. 2020
16:26
10214
Tender

«Ekofond» elektron dasturning amaliyotga joriy etilishi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyidan elektron shaklda jo‘natish, hisobotlar arxivini elektron shakllantirish hamda to‘lov bo‘yicha barcha ma’lumotlar va yangiliklarga o‘z vaqtida ega bo‘lish kabi qulayliklar yaratildi.

Mazkur qulayliklarning yaratilishi tadbirkorlar uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha hisobotlarni topshirish bilan bog‘liq ortiqcha vaqt va moliyaviy sarf-xarajatlarni qisqartirishga imkoniyat yaratdi.

Shu bilan birga «Ekofond» elektron dasturining amaliyotga joriy etilishi, kompensatsiya to‘lovlari hisobini yuritishda inson omilining aralashuvini cheklash evaziga mazkur yo‘nalishda qonuniylikni va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar