Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi To‘dako‘lda
23.
12. 2020
16:21
5098
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi A. Maksudov Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida To‘dako‘l suv omborida bo‘ldi.

Eslatib o‘tish joizki, mazkur ko‘l 2020 yil avgust oyida xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash makoni to‘g‘risidagi Ramsar konventsiyasi doirasida xalqaro ro‘yxatga kiritilgan.

Shu bilan birga «GOLDEN LAKE FISH» MChJ faoliyati bilan tanishdi. Hozirgi kunda 5 gektar maydonda 5 ta intensiv havza tashkil etilgan bo‘lib, 500 tonna baliq yetishtirilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar