Ijtimoiy tarmoqlar muhokamasiga sabab bo‘lgan «Navoiy shahrida joylashgan «Hayvonot bog‘i»» to‘g‘risidagi axborotiga rasmiy munosabat
19.
12. 2020
19:00
7744
Ekanadzor

Bir necha bor ijtimoiy tarmoqlar muhokamasiga sabab bo‘lgan Navoiy shahrida joylashgan «Hayvonot bog‘i» («Ferz Umid» MChJ) tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganildi. Ushbu hayvonot bog‘ida 2 (ikki) marotaba o‘rganish ishlari va 1 (bir) marotaba tekshirish ishlari olib borildi. Jumladan:

Birinchi o‘rganish; joriy yilning 22 noyabrda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Navoiy shahar hayvonot bog‘idagi jonivorlarning qafaslari abgor holatda ekanligi to‘g‘risida»gi murojaat Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining davlat inspektorlari, viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari, «GLOBAL MASTER GROUP» MChJ rahbari (zoolog mutaxassisi) hamda murojaat qilgan fuqaro hamkorligida ushbu Navoiy shahrida joylashgan «Hayvonot bog‘i»da saqlanayotgan jonivorlarning saqlanish hamda sog‘ligi o‘rganildi. O‘rganish davomida qush va xayvonlarning saqlanish sharoitlarida kamchiliklar borligi, ya’ni hayvonlar saqlanadigan qafaslarning kichikligi, hayvonlarning ostiga somon yoki boshqa yumshoq to‘shamalar tashlanmaganligi aniqlanib, ushbu kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish davomida mutaxassislar tomonidan hayvonot bog‘i rahbariga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilishi ogohlantirildi.

Ikkinchi o‘rganish; joriy yilning 3 dekabr kuni Navoiy shahridagi «Hayvonot bog‘i» («Ferz Umid»MChJ) Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari hamda O‘zbekiston Ekologik partiya markaziy Kengash a’zosi Korjikova Inna Ivanovna hamkorligida o‘rganildi. O‘rganish davomida joriy yil 22 noyabrda berilgan ko‘rsatmalar qisman bajarilganligi aniqlandi.

Uchinchi o‘rganish; joriy yilning 12 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda rus tilida tarqalgan ««Mы ne estetiki prosili, a chtobы jivotnыm sozdali normalnыe usloviya» - na zoopark v Navoi podali 70 jalob» («Biz estetikani so‘ramadik, hayvonlarga yaxshi sharoit yaratib berishni so‘raymiz» - Navoiydagi hayvonot bog‘iga nisbatan 70 marotaba shikoyat qilingan) murojaat Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari, viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamda shahar Sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari hamkorligida joriy yilning 16 dekabr kuni o‘rganildi. Navoiy shahrida joylashgan «Hayvonot bog‘i» («Ferz Umid»MChJ)da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kelishuviga muvofiq tekshirish ishlari olib borildi.

Navoiy shahrida joylashgan «Hayvonot bog‘i» («Ferz Umid»MChJ) ishchi xodimlar soni hozirgi kunda 3 (uch) kishini tashkil etadi. «Hayvonot bog‘i» hududida hayvonlar va qushlarning xonakilashtirilganlari ya’ni quyon, yapon tovuq, kabutar 2 dona, tovus 2 dona, sesarka hamda yovvoyi hayvonlar turlari ya’ni bir bosh afrika sheri saqlanib kelinmoqda.

Bundan tashqari bir nechta yovvoyi hayvonlar hech qanaqa ruxsatnomalarsiz yoki oldi sotdi shartnomalarsiz saqlanib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan: bir bosh Bo‘ri, bir bosh Nosuxa, bir bosh Jayra, bir bosh qirg‘ovul, ikki bosh qora tasqara, bir bosh burgut, bir bosh ukki, bir bosh Kal jurchi (stervyatkik), bir bosh qamish mushuklar saqlanib kelingan.

Ushbu hayvonlarning burgut, Kal jurchi (stervyatkik), qora tasqara turlar O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan.

Shuningdek «Hayvonot bog‘i»da bir bosh ayiq saqlanganligi ushbu bir bosh ayiq yoshi o‘tib o‘lganligi aniqlandi.

Bu harakatlar bilan «Hayvonot bog‘i» («Ferz Umid»MChJ) O‘zbekiston Respublikasi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunni 39-moddasi talablarini buzgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi qarorning 3- bob bandlarini buzgan.

Ushbu hayvonlarning saqlanish holatlari o‘rganilganda bo‘ri 5x4 metr kvadrat, afrika sheri 5x4 metr kvadrat, makkaka maymuni 2x2 metr kvadrat, ukki 3x3 metr kvadrat, tasqaralar 2x2,5 metr kvadrat, burgut 2x2,5 metr kvadrat, nosuxa 2x4,5 metr kvadrat, jayra 2x4,5 metr kvadrat, sorkush 3x3 metr kvadrat, fazan 1,5x2 metr kvadrat temir panjarali qafas (voler)larda saqlanayotganligi aniqlandi. Hamma qafas (voler)larning past qismi betondan bo‘lib, somon tashlangan.

Saqlashga ruxsatnomasi yo‘q bo‘lgan bir bosh Bo‘ri, bir bosh Nosuxa, bir bosh Jayra, bir bosh qirg‘ovul, ikki bosh qora tasqara, bir bosh burgut, bir bosh ukki, bir bosh Kal jurchi (stervyatkik), bir bosh qamish mushuklar yovvoyi hayvonlar Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma davlat inspektorlari, Toshkent shahridagi «Toshkent hayvonot bog‘i» MChJ mutaxassislari, viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida joriy yilning 19 dekabr kuni soat 12-00da hayvonot bog‘i rahbariga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf qilguncha vaqtincha saqlash uchun Toshkent shahridagi «Toshkent hayvonot bog‘i»ga yuborildi.

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati

Manba: https://telegra.ph/Izhtimoij-tarmo....

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar