Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlik uchun jarima miqdori oshirildi
10.
11. 2020
16:53
5530
Yangiliklar

Bugun 10 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining navbatdagi yalpi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi QL-695-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi bunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘risidagi kodeksning 91 prim 1 va 245 hamda 261 moddalariga o‘zgartishlar kiritilib «Qurilish va maishiy chiqindilar joylashtirilishi lozim bo‘lgan shahobcha va poligonlardan boshqa joylarga chiqidilarni tashlash-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan xuquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa. Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
 

Manba: https://kosonsoy.site/?p=207

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar