«Toza hudud»ga yangi texnika
28.
10. 2020
20:42
13650
Yangiliklar

Samarqand viloyat «Toza hudud» davlat unitar korxonasining tuman filiallariga 16 ta maxsus transport vositasi hamda 6 ta «Spark» rusumli xizmat avtomashinasi topshirildi.

Bugungi kunda viloyatimizda sanitariya jihatdan tozalashga ixtisoslashtirilgan 4 korxona faoliyat yuritmoqda. Ular 254 ta maxsus texnika yordamida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatmoqda.

8,7 milliard so‘m mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan xarid qilingan yangi texnika tufayli 48 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Korxona tuman filiallari qo‘shimcha 40 ta mahalla va 160 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Mazkur xizmat avtomashinalari va maxsus chiqindi yig‘uvchi transport vositalari «Toza hudud» davlat unitar korxonasining Urgut, Paxtachi, Narpay, Past Darg‘om, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Oqdaryo, Toyloq, Bulung‘ur va Jomboy tumanlaridagi filiallariga berildi.

Baxtiyor MUSTANOV

Manba: http://zarnews.uz/s1y

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar