O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-sonli “Sаnitаriya jihаtidаn tozаlаsh sohаsidа xizmаtlаr koʼrsаtish fаoliyatini аmаlgа oshirish uchun hududlаrni biriktirish tаrtibini tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа” gi qarori qabul qilingan.Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020 yil 10 avgustda o‘tkazilgan 63-yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatining Navbaxor, Konimex, Nurota va Xatirchi tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.
- Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi (EOI Submission form)
- Loyiha konsepsiyasi
So’rov shartlari:
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha etarli darajada malaka tajribaga ega bo’lishi lozim.
Moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo’lishi lozim.
Tenderda ishtirok etish istagi bo’lgan tomonlar o’zlarining qiziqish uchun so’rovlarini 2020 yil 5-oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22.00-ga qadar topshirishlari lozim.
(So’rov berish muddati texnik sabablarga ko’ra 15-oktyabr kuniga qadar uzaytirildi)
Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so’rov formasi va xujjatlar (hisobotlar) to’liq hamda o`z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.
Murojaat uchun:
DXSh agentligi tomonidan mas’ul shaxslar
E-mail : pppdauz@gmail.com
Biriktirilgan xodimlar: Sh.Jurayev, A.Rajabov, A.Duvlonov
tel: 71 203-03-07, E-mail: ARajabov@ppp.mf.uz
Davlat sherigidan mas’ul shaxslar
Murojaat uchun veb-sayt: eco.gov.uz
Biriktirilgan xodim: M. Xursanov, F. Babakulov
tel: 71 207-07-70 (1072#), 99 845-97-04, 98 128-97-22, 71 268-34-48