Surxondaryo viloyati. Rasmiy munosabat
23.
09. 2020
11:05
5346
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi holat. Ovchilarmi yo brokonerlar? Tabiatni muhofaza qilish idorasi holatni o‘rganishini so‘raymiz» sarlavhali murojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tezkor surushtiriv ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida haqiqatda ushbu holatni Surxondaryo viloyati Boysun tumani «Temir darvoza» mahallasida yashovchi O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar sport birlashmasi a’zolari:

1. Xalimov Sulton Izzatullaevich, 1991 yilda tug‘ilgan oilali;
2. Jumaqulov Fayyoz Rahimqulovich, 1987 yil tug‘ilgan oilali;
3. Jumaqulov Otabek Chorshanbievich, 1978 yilda tug‘ilgan oilali.

Ushbu fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovlangan quyon va kakliklarni Boysun tumani xududida ovlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqarolar Xalimov Sulton Izzatullaevich, Jumaqulov Fayyoz Rahimqulovich va Jumaqulov Otabek Chorshanbievichlar bilan taqdim qilingan xujjatlar va holat yuzasidan suhbat o‘tkazilganda 32 dona quyon va 1 dona kakliklarni joriy yilning 14 sentyabr kuni Boysun tumani tog‘li hududlariga chiqib ov qurollari bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari va O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga zid ravishda, ya’ni quyon va kakliklarni ovlash mavsumi boshlanmasdan ovlaganliklari aniqlandi.

Fotosuratlarda aks ettirilgan besh nafar fuqarolardan ikki nafari ov qilmaganliklari aniqlandi.

Ushbu huquqbuzarlar Xalimov Sulton Izzatullaevich, Jumaqulov Fayyoz Rahimqulovich va Jumaqulov Otabek Chorshanbievichlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 90-moddasi 1-qismi bilan har biriga ma’muriy jarimalar qo‘llanilib hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida»gi qaroriga asosan zarar hisoblandi.

Shuningdek foto suratdagi ovlangan kakliklar 2019 yil O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar sport birlashmasi a’zosi fuqaro Xalimov Sulton Izzatullaevich tomonidan tegishli hujjatlarga asosan ovlaganliklari aniqlandi.

Surxondaryo viloyati. Rasmiy munosabat

Surxondaryo viloyati. Rasmiy munosabat

Surxondaryo viloyati. Rasmiy munosabat

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Foydali manbalar