Davlat tashqi qarz mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar

– Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida 2020-2024 yillar davomida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi bo‘yicha ma’lumotlar;

– Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) ishtirokida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va yangi poligonlar qurish” loyihasi haqida ma’lumot;

– Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi O‘zbekiston Respublikasida “Shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi" loyihasi yuzasidan ma’lumot;

 


 

 

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida 2020-2024 yillar davomida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi bo‘yicha
MA’LUMOTLAR

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida 2020-2024 yillar davomida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi va OTB o‘rtasida memorandum imzolanib, loyihaning dastlabki parametrlari belgilandi.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida 2020-2024 yillar davomida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrda 748-son qarori qabul qilindi.

Loyihaning umumiy qiymati 112,0 mln. AQSh doll. tashkil etadi. OTB kredit mablag‘lari – 60,0 mln.AQSh doll., hukumat hissasi – 52,0 mln. AQSh doll.

Loyiha doirasida:

– 300 ta chiqindi tashish maxsus texnikasi, 13 ta ekskavator, 13 ta egarli shatakchi, 13 ta mobil servis avtotransport vositalari, 8 ta mobil laboratoriya transport vositalarini, 6 000 ta chiqindi konteynerlari xarid qilish va 13 ta servis markazlarini qurish ishlari bajariladi hamda milliy sinov labaratoriyalarini jihozlash uchun 8 ta mobil labaratoriyalari va chiqindilarni boshqarish sohasida Xalqaro sertifikatlash va malaka oshirish markazi tashkil etish va kelgusida hamkorlik qilish maqsadida Xalqaro sertifikatlash va malaka oshirish markazi bilan kelishuv imzolash ko‘zda tutilgan.

– 6 000 ta chiqindi konteynerlari xarid qilish yuzasidan tashkil etilgan tender savdolari bo‘yicha e’lon berildi va hozirda kelib tushgan takliflarni baholash ishlari davom etmoqda.

– 300 ta chiqindi tashish maxsus texnikasining tender hujjatlari ishlab chiqilgan va hozirda xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.

– 13 ta ekskavator, 13 ta egarli shatakchi, 13 ta mobil servis avtotransport vositalarining texnik shartlari tayyorlangan va hozirda tarmoq ilmiy-texnik kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida 2020-2024 yillar davomida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi bo‘yicha ma’lumotlar

 

 

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) ishtirokida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va yangi poligonlar qurish” loyihasi haqida
MA’LUMOT

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) ishtirokida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va yangi poligonlar qurish” loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PQ-4145–son qarori doirasida amalga oshirilmoqda (umumiy qiymati 120,0 mln AQSh doll.).

Loyiha doirasida zamonaviy talablar asosida 6 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar, To‘rtko‘l, Qorao‘zyak, Qo‘ng‘irot tumanlarida hamda Xorazm viloyatining Bog‘ot va Qo‘shko‘pir tumanlarida) yangi poligonlarni tashkil etish;

14 ta hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jeyli, Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Chimboy, Taxtako‘pir tumanlarida hamda Xorazm viloyatining Gurlan, Yangibozor, Xiva, Xonqa, Yangiariq, Xozarasp tumanlarida) chiqindilarni qayta yuklash stantsiyalarini qurish va ularni 28 ta maxsus texniyoka hamda 56 ta 60 m3 hajmdagi konteynerlar bilan ta’minlash;

– yangidan tashkil etilgan poligonlarda 6 ta chiqindilarni kompost qilish joylarini tashkil etish va 1 ta poligonda organik chiqindilardan biologik gaz olish hamda 6 ta chiqindilarni saralash, 2 ta tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qiluvchi uskunalarini o‘rnatish;

– yangidan tashkil etilgan poligonlar uchun 6 ta kompaktor (zichlagich)va boshqa turdagi 24 ta maxsus texnikalar bilan ta’minlash uchun 120,0 mln AQSh doll. miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida loyiha doirasida qurilishi rejalashtirilgan poligonlar va qayta yuklash stantsiyalari uchun umumiy maydoni 111 ga bo‘lgan yer maydonlari ajratildi.

Bugungi kunda, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish jarayoni yakunlandi.

 

O‘zbekiston: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qattiq chiqindilarni boshqarish: Texnik-iqtisodiy asos / Kontrakt: C43176/11619/71786
 

Uzbekistan: Upravlenie tvyordыmi otxodami v Respublike Karakalpakstan i v Xorezmskoy oblasti: Texniko-ekonomicheskoe obosnovanie. / Kontrakt: C43176/11619/71786
 

Uzbekistan: Karakalpakstan and Horezm solid waste management – Feasibility study / Contract ID No. C43176/11619/71786
 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

Respublika Karakalpakstan:

Republic Of Karakalpakstan:

Ekologik va ijtimoiy audit hamda baholash. Notexnik rezyume (NTR) Экологический и социальный аудит и оценка. Нетехническое резюме (НТР) Environmental and Social Audit and Assessment. Non-Technical Summary (NTS)
–– План взаимодействия с заинтересованными сторонами (ПВЗС) План взаимодействия с заинтересованными сторонами (ПВЗС)

Xorazm viloyati:

Xorezmskaya oblast:

Horezm region:

Ekologik va ijtimoiy audit hamda baholash. Notexnik rezyume (NTR) Экологический и социальный аудит и оценка. Нетехническое резюме (НТР) Environmental and Social Audit and Assessment. Nontechnical Summary (NTS)
–– План взаимодействия с заинтересованными сторонами (ПВЗС) План взаимодействия с заинтересованными сторонами (ПВЗС)

ХЎЖАЛИК ТУЗИЛМАСИНИ ТИКЛАШ БЎЙИЧА МУВОФИҚЛАШТИРУВЧИ ҲУЖЖАТ:
АХБОРОТ БРОШЮРАСИ

ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ҚАТТИҚ МАИШИЙ ЧИҚИНДИЛАРНИ БОШҚАРИШ
ХЎЖАЛИК ТУЗИЛМАСИНИ ТИКЛАШ БЎЙИЧА МУВОФИҚЛАШТИРУВЧИ ҲУЖЖАТ:
/uploads/global/Uz%20waste%20LRF%20leaflet%20Karakalpakstan_Final_UZ_March2022.pdf

 

ХОРАЗМ ВИЛОЯТИДА ҚАТТИҚ МАИШИЙ ЧИҚИНДИЛАРНИ БОШҚАРИШ
ХЎЖАЛИК ТУЗИЛМАСИНИ ТИКЛАШ БЎЙИЧА МУВОФИҚЛАШТИРУВЧИ ҲУЖЖАТ:

/uploads/global/Uz%20waste%20LRF%20leaflet%20Horezm_Final_UZ_March2022.pdf

 

       Рамочный документ по восстановлению хозяйственного уклада определяет основополагающие принципы, которыми будут руководствоваться процессы восстановления хозяйственного уклада, связанные со строительством и эксплуатацией объектов Проекта и реализацией ассоциированных проектов, которые известны на текущей предварительной стадии проектирования. Документ подготовлен в соответствии с применимыми требованиями ЕБРР и национальными нормативно-правовыми актами, и будет являться основой для дальнейшей разработки Плана(ов) по восстановлению хозяйственного уклада./uploads/global/LRF%20UZ%20waste%20v4_RUS_Mar_2022.pdf

       The Livelihood Restoration Framework aims at outlining principles for and guiding future livelihood restoration activities related to the Project facilities and the associated facilities, to the extent known due to the preliminary stage of the Project design. It prepared in line with the applicable EBRD requirements and national regulations sets and a framework for further development of the project’s Livelihood Restoration Plan(s)./uploads/global/LRF%20UZ%20waste%20v4_ENG_Mar_2022.pdf

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) ishtirokida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va yangi poligonlar qurish” loyihasi haqida ma’lumot

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) ishtirokida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va yangi poligonlar qurish” loyihasi haqida ma’lumot

 

 

Осиё тараққиёт банки иштирокидаги Ўзбекистон Республикасида “Шаҳарларни комплекс ривожлантириш дастури" лойиҳаси юзасидан
МАЪЛУМОТ

Осиё тараққиёт банки иштирокидаги “Ўзбекистон Республикасида шаҳарларни ривожлантириш лойиҳаларини тайёрлашни молиялаштириш” лойиҳаси Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил
7 июлдаги 426-сонли қарори
доирасида амалга оширилмоқда.

Мазкур қарор билан, Инвестиция ва ташқи савдо вазирлиги Лойиҳанинг ташаббускори этиб белгиланган бўлиб, лойиҳани рўёбга чиқариш Вазирлик қошидаги Лойиҳани амалга ошириш гуруҳи томонидан амалга оширилади.

Дастлабки ҳисоб-китобларга асосан лойиҳанинг умумий қиймати
68,2 млн. АҚШ долл. ташкил этиб, Экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитасига боғлиқ бўлган лойиҳалар 6,5 млн. АҚШ долл. ташкил қилади. Лойиҳани амалга ошириш даври 2022-2027 йй.

Лойиҳа Жиззах, Хива, Янгиер шаҳарлари ҳамда Ховос туманини қамраб олиб, лойиҳа доирасида:

57 та чиқинди ташувчи техника, 6 та махсус техника, 6 м3 ҳажмдаги 122  та ва 250 литр, 770 литр ва 1 100 литр ҳажмдаги 2 105 та контейнерларни лойиҳа ҳудудлари (Жиззах шаҳри, Хива шаҳри, Янгиер шаҳри ҳамда Ховос тумани) учун харид қилинади.

- Ховос тумани чиқинди полигони ҳудудида чиқиндиларни қайта юклаш станциясини қуриш ва 3 та махсус техника ҳамда 12 та 35 м3 ҳажмдаги контейнерлар билан таъминлаш;

25 та янги чиқинди йиғиш пунктларини қуриш (Сирдарё вилоятининг Янгиер шаҳри ва Ховос туманида);

Бугунги кунда (апрель 2022 йил), лойиҳанинг техник иқтисодий асослари ишлаб чиқилиб, тегишли вазирлик ва идоралар билан келишилмоқда.

Ушбу тадбирларни амалга ошириш натижасида, лойиҳа доирасидаги ҳудудлардаги аҳолига санитар хизмат кўрсатиш қамрови 100 фоизга етказилади ҳамда санитар тозалаш корхоналар моддий-техник базаси мустаҳкамланиб, хизмат кўрсатиш сифати оширилиши кўзда тутилган.  

Лойиҳа бўйича қўшимча маълумот ва мурожаатлар учун Инвестиция ва ташқи савдо вазирлиги ҳузуридаги Лойиҳани амалга ошириш гуруҳи (Тошкент шаҳри, Т.Шевченко кўчаси, 24-уй, тел.: 71 252-42-20; эл.почта: iudpuzbekistan@gmail.com)га мурожаат этилиши мақсадга мувофиқ.