O‘zbekiston respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizeĺ motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish

O‘ZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYa VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QO‘MITASINING
Qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRILADIGAN BENZIN VA DIZEL MOTORLARI BILAN JIHOZLANGAN «M2», «M3» VA «N2» TOIFALARIDAGI YaNGI AVTOTRANSPORT VOSITALARINI «EVRO-2» EKOLOGIK DARAJADAN KAM BO‘LMAGAN TALABLARGA MUVOFIQLIGI BO‘YIChA EKOLOGIK SERTIFIKATLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI VAQTINChALIK YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 7 aprelda 1670-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 dekabrdagi «Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransport parkini yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-531-son qarori ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘rsida», «Atmosfera havosini muhofoza qilish to‘g‘risida» ,«Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish  to‘g‘risida» gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 sentyabrdagi «Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-183-son qarori  hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 apreldagi «Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida» 151-son, 2004 yil 6 iyuldagi «Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 318-son qarorlariga muvofiq, qaror qilamiz:

1. «O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik yo‘riqnoma» ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. «Evro-2» ekologik daraja talablariga muvofiq bo‘lgan «M2», «M3» va «N2» toifalardagi kiritilayotgan yangi ATV uchun O‘zbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining zararli moddalar chiqarish qismiga taalluqli normativ hujjatlari 2007 yil 1 martdan boshlab, 2010 yil 1 yanvardan boshlab esa, «Evro-3» talablariga muvofiq qismi joriy qilinsin:

a) GOST R 41.24-2003;

b) GOST R 41.49-2003;

v) GOST R 41.83-2004;

g) GOST R 51832-2001.

3. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlash, standartlashtirish va me’yorlashtirish Bosh boshqarmasi «Boshdavekosertifikat» O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi, benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan yangi avtotransport vositalariga ekologik sertifikatlarni, ushbu avtotransport vositalari tomonidan zararli chiqindi chiqarish darajasi «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi eksport qiluvchi davlatlar tomonidan ATV ishlab chiqishda «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablariga rioya qilganliklarini tasdiqlovchi tegishli qonunchilik hujjatlarini yoki murojaat qiluvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tan olish asosida berilishini ta’minlasin.

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, o‘n kundan keyin amalga kiritiladi.


«O‘zstandart» agentligining Bosh direktori R. BO‘RIEV

Toshkent sh.,
2007 yil 28 fevral,
1-p-son


Foydali manbalar