Faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot

1. Suvni iqtisod qiluvchi texnologiyalarni (aylanma suv ta’minoti, takroriy ketma-ketlik bilan foydalanish va boshqalar) qo‘llash bilan suv resurslarini turli xildagi ifloslanishlardan muhofaza qilish, suv resurslari muhofaza qilish va suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat.

2. Ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy tashlamalari me’yorlarini tasdiqlash.

3. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining:

– ifloslantiruvchi moddalarning atrof tabiiy muhitga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy tashlamalarining belgilangan limitlari va me’yorlari hamda tashlamalarning belgilangan me’yorlargacha kamaytirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarning;

– korxonalar va boshqa ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish hamda yangi va rekonstruktsiya qilingan korxona va boshqa ob’ektlarni ishga tushirishda ekologik me’yor, standart va talablarga;

– suvni muhofaza qilish ob’ektlari, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnik inshootlardan foydalanish qoidalari;

– tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan suv resurslaridan foydalanish, ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining birlamchi hisobi yuritilishi;

– suv resurslaridan foydalanish, suvlardan foydalanishning belgilangan me’yor, qoidalari va rejimiga rioya qilish, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish, bulg‘alanish va kamayib ketishidan muhofaza qilish, shuningdek suv ob’ektlarining qirg‘oqbo‘yi polosa(zona)larida suvni muhofaza qilish chora-tadbirlari bajarilishi borasida davlat nazoratini qonun hujjatlarida begilangan tartibda amalga oshirish.

4. O‘zbekiston Respublikasini ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Kontseptsiyalari, asosiy yo‘nalishlari va davlat rejalari loyihalariga takliflar tayyorlash.

5. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha uzoq muddatli davlat va maqsadli dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish.

6. Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida, maxsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo boshqarish.

7. Er va yer osti boyliklarini muhofaza qilish, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha hududiy inspektsiyalarning:

– yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish, ular tomonidan atrof-muhit muhofazasi va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;

8. Er resurslarini suv va shamol eroziyasi, sellar, suv bosishi, botqoqlashish, ikkilamchi sho‘rlanishi, qurib ketishi, zichlashishi, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishlardan, buzilishning boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish.

9. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining:

– yangi va rekonstruktsiyalangan va boshqa ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va foydalanishga ishga tushirishda ekologik me’yor, andoza va talablarga;

– foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini amalga oshirishda, kon-boyitish faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan chiqindi saqlagichlari, terrikon, ag‘darma va ahlatxonalarni joylashtirish va ulardan foydalanishda atrof-muhitni ifloslanishi, bulg‘alanishi va kamayib ketishi, tabiiy resurslardan majmuaviy foydalanish talablariga;

– keng tarqalgan qazilma boyliiklari konlarini qazib olish me’yor va qoidalariga;

– o‘simliklarni himoya qilish vositalari, ularni o‘sishini rag‘batlantirgichlarni, mineral o‘g‘itlar, boshqa kimyoviy vosita va preparatlarni tashish, saqlash va ularni qo‘llashda atrof-muhit muhofazasi talablariga;

– er egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadlarga muvofiq foydalanishlari, va ular tomonidan tuproqlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirilishi;

– vaqtincha foydalanishga berilgan yerlarni qurilish, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlarida va boshqa ta’sirlarda buzilganini keyinchalik yaroqli holga keltirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

10. Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni belgilangan tartibda berish.

11. Erlarni va keng tarqalgan foydali qazilmalarni muhofaza qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish faoliyatining tarmoqlararo boshqarish, maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.  

12. Hududiy inspektsiyalarning yer va yer osti boyliklarini muhofazasi borasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik va ularni muvofiqlashtiruvini:

– yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash, ular tomonidan atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlarni bajarilishi;

– davlat va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni atrof-muhitdagi o‘zgarishlar, uning holati bashoratlari, tabiiy resurslardan foydalanish va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilish;

– tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirilishida fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ishtirokini ta’minlash;

– davlat xizmatlarini, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatish;

– hukumat qarorlarining amalga oshirilishi va bajarilishi masalalari bo‘yicha amalga oshirish.

13. Foydali qazilmalarni qazib olishda qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va boshqa yer resurslariga salbiy ta’sirni oldini olish yoki cheklash chora-tadbirlari bajarilishini, shuningdek rekultivatsiya ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.

14. Er resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishida ishtirok etish.

– vaqtincha foydalanishga berilgan yerlarni qurilish, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlarida va boshqa ta’sirlarda buzilganini keyinchalik yaroqli holga keltirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

15. Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchpstkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni belgilangan tartibda berish.

16. Erlarni va keng tarqalgan foydali qazilmalarni muhofaza qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish faoliyatining tarmoqlararo boshqarish, maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.  

17. Hududiy inspektsiyalarning yer va yer osti boyliklarini muhofazasi borasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik va ularni muvofiqlashtiruvini:

– yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash, ular tomonidan atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlarni bajarilishi;

– davlat va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni atrof-muhitdagi o‘zgarishlar, uning holati bashoratlari, tabiiy resurslardan foydalanish va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilish;

– tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirilishida fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ishtirokini ta’minlash;

– davlat xizmatlarini, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatish;

– hukumat qarorlarining amalga oshirilishi va bajarilishi masalalari bo‘yicha amalga oshirish.

18. Foydali qazilmalarni qazib olishda qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va boshqa yer resurslariga salbiy ta’sirni oldini olish yoki cheklash chora-tadbirlari bajarilishini, shuningdek rekultivatsiya ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.

19. Er resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishida ishtirok etish.