O‘zbekiston Respublikasi atrof tabiiy muhit davlat monitoringining asosiy vazifalari

– atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini, shuningdek, antropogen ta’sirlar ostida unda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatishni tashkil etish va yuritish;

– atrof-muhitning ifloslanishi darajasini baholash va prognoz qilish;

– atrof tabiiy muhit holatini baholash, shuningdek, uning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy jarayonlar rivojlanishini aniqlash va prognoz qilish;

– respublikaning asosiy biomlari va eko tizimlari turlari bo‘yicha o‘simlik va hayvonot dunyosining biologik xilma-xilligini, ularning joriy holatini va tabiiy hamda antropogen omillar ta’siri ostidagi tendentsiyalarni baholash;

– aniqlangan salbiy jarayonlar, shuningdek, ularning aholi sog‘lig‘iga va atrof tabiiy muhitga ta’sirining oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

– atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va davlat kadastrlarini yuritish sohasida davlat hokimiyati organlarini tezkor axborot bilan ta’minlash;

– atrof tabiiy muhitning holati to‘g‘risida yagona davlat ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

– aholini atrof tabiiy muhitning joriy holati to‘g‘risida xabardor qilish.
 

Atrof muhit ifloslanishini monitoringi faoliyatini to‘laqonli amalga oshirish maqsadida asosiy vazifalar

 1. Atrof tabiiy muhit monitoringini amalga oshirish, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlarning faoliyati bo‘yicha:

“2021-2025 yillarga muljallangan O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari tahlil laboratoriyalari hamda Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida analitik nazoratga ixtisoslashgan markaz faoliyati sohasida:

Tahliliy laboratoriyalarni zamonaviy nazorat-o‘lchov jihozlari, o‘lchov asboblari bilan jihozlash, maxsus transport vositalari bilan ta’minlash;

Tahliliy laboratoriyalarni yangi Davlat standarti (O’z DSt ISO/IEC 17025:2019) talablariga muvofiq Uzstandart agentligida akkreditatsiyadan o‘tkazish choralarni ko‘rish.

3. Atrof muhit monitoringini amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalar (Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi) joriy etish, shuningdek atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilishi sohasida:

Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasini tashkil kilish, bunda idoralararo integralashuvi va axborotlarning tezkorlik bilan ayirboshlash tashkil etiladi hamda monitoring kuzatuvlari uzluksiz real vaqt rejimida olib boriladi, avariyaviy holatlar kuzatilganda tezkor choralar ko‘rilib aholiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan ziyonning oldi olinadi;

Atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlar tomonidan avtomatik stantsiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlarini tashkil qilish va bu orqali ushbu stantsiyalarni yagona tizimga ulagan holda sanoat korxonalarning salbiy ta’sirini prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan barvaqt choralarni ko‘rish;