Faoliyat haqida

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi (keyinchalik matnda – Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi 2915-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofazaqilish davlat qo‘mitasi qaror va farmoyishlari, Ustav va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining 1995 yil 22 dekabrdagi 188-i-sonli qaroriga muvofiq (1996 yil 7 mayda kuchga kirgan) O‘zbekiston Respublikasi xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konventsiyasigaqo‘shilgan.

Konventsiya talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 apreldagi 151-sonli "Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida " gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 7 apreldagi 1670-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Evro 2” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik Yo‘riqnoma” asosida muvofiqlik tug‘risidagi ekologik sertifikat DUK “Davekosertifikat” tomonidan beriladi. (Izoh: “Evro-3” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablari 2010 yildan joriy qilingan).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi 5863-sonli "2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida " gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2020 yil 30 yanvardagi 50-sonli "G‘ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" gi qarori loyihasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi 4059-sonli "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi 95-sonli "Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida" gi qarori tasdiqlandi.

Mahsulot va xizmatlarni ekologik sertifikatlashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining 1997 yil 31 oktyabrdagi 54-sonli qarori bilan tashkil yetildi.

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2002 yil 31 oktyabrdagi 10/4-sonli va 2002 yil 13 noyabrdagi 72-sonli "davlat yekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va tartibga solish Bosh boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida" gi qaroriga muvofiq mahsulot va xizmatlarni ekologik sertifikatlashtirish markazi davlat yekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va tartibga solish bo‘yicha boo‘ davlat boshqarmasi sifatida qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 oktyabrdagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-3956-sonli qaroriga muvofiq, Ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va normallashtirish Bosh Davlat boshqarmasi Ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish davlat markazi deb qayta nomlandi.

Ekologik sertifikat – bu ekologik sertifikatlashtirish organi tomonidan tabiiy resurslardan foydalanuvchiga beriladigan hujjat bo‘lib, u mahsulotning ekologik jihatdan xavfsiz ekanligini va ekologik sertifikatlashtirish ob’ekti amaldagi me’yoriy hujjatlar yoki normativ-huquqiy hujjatlarning talablari va me’yorlariga javob berishini ko‘rsatadi.
 

Markazning 2016-2019 yillardagi faoliyati:

– 2016 yilda 3866 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 1531 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 2335 tasi esa ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

– 2017 yilda 3558 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 2056 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 1502 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

– 2018 yilda 5558 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 3796 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 1757 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

– 2019 yilda 5492 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 4208 tasi majburiy sertifikatlashtirish va 1284 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Akkreditatsiya markazi" DUK mutaxassislari tomonidan "Gosekosertifikat" DUK sinov laboratoriyasini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlari ko‘rib chiqildi. Xalqaro O'z DSt ISO/IEC 17025: 2007 standarti talablariga muvofiqligi sababli sinov laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tkazilib, UZ-TK TL.0013 raqamli guvohnomaga ega buldi. 
                      
Ekologik menedjment tizimini takomillashtirish maqsadida Markaz xalqaro tajribani o‘rganish va ISO 14001 standartiga muvofiqligi bo‘yicha ekologik menedjment  organi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun to‘liq hujjatlar to‘plamini tayyorlash bo‘yicha Qo‘mitaning ikkinchi yarim yillik ish rejasiga kiritilgan.