Qonunchilik

 O‘zbekiston Respublikasi “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi, “Qo‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish tug‘risida” gi, “Halqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to‘g‘risida”gi, “Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va yana bir qator konventsiyalarga a’zo bo‘lgan.

 Bioxilmaxillik haqidagi Konventsiya 1992 yil 5 iyunda Reo-di-Janeyro shahrida o‘tkazilgan BMTning atrof-muhit va taraqqiyot konferentsiyasida imzolanishi uchun ochilgan va 1993 yil 29 dekabrda 30 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingandan keyin kuchga kirgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi qaroriga asosan Konventsiyaga qo‘shilgan.

 BMT Konventsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xalqaro hamjamiyat insoniyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilmaxillik inson faoliyatining ayrim turlari ta’siri natijasida sezilarli darajada kamayotganligidadir.

 Konventsiya dunyo mamlakatlarining biologik xilmaxillikni saqlash va ulardan barqaror foydalanish bo‘yicha, shu jumladan, ularning strategik xarakatlar rejalarini ishlab chiqishdagi birgalikdagi ishlarini muvofiqlashtiradi.

 Bioxilmaxillikni saqlash qilish sohasida qonunlari - “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va boshqa hukumat tomonidan tegishli qonunlar qabul qilingan.

 2004 yil 3-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

 “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingandan keyin ko‘p sonli ob’ektlarga – o‘rmon xo‘jalik korxonalari va ovchilik xo‘jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi berildi.

 Biosfera davlat rezervati tushunchasini kiritish alohida ahamiyatga ega. Ularni tashkil etish tartib va rejimi bizning qonunchiligimizda birinchi bor ko‘zda tutiladi va biosfera rezervatlar bo‘yicha YuNESKO xujjatlari talablariga mos keladi.

 Bioxillikni saqlash bo‘yicha bir qancha hukumat tomonidan tegishli qarorlar qabul qilingan:

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-yanvardagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lishni tartibga solishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 13-son qarori tasdiqlangan.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 maydagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 339-sonli qaror tasdiqlangan

 O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4247-sonli qarori qabul qilindi.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi 484-sonli “2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini” amaliyotga joriy qilindi.