Markaziy Osiyo davlatlarining ekologiya sohasidagi mintaqaviy hamkorligi masalalari muhokama qilindi
17.
08. 2023
15:45
2230
Янгиликлар

2023-yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov boshchiligidagi delegatsiya C5+1 formatidagi (Markaziy Osiyo+AQSH) ishtirokchi-davlatlarning energiya va iqlim o'zgarishi bo'yicha navbatdagi onlayn uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuvda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirni AQSH Davlat kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari B.Simler va Tojikiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari A.Mavlododlar olib borishdi.

Tadbirda Markaziy Osiyoda suv tanqisligi muammolarini birgalikda hal qilish, iqlim o‘zgarishi sharoitida "aqlli" qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalariga bosqichma-bosqich o‘tish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirish, qo‘shni davlatlar bilan mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar haqida ma’lumot berdi.



Mamlakatlar tomonidan issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va boshqa muhim maqsadlarga erishish bo'yicha mintaqaviy muloqotni kengaytirish bo'yicha takliflar taqdim etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston tomonining atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi global tadbirlar doirasida amalga oshirilayotgan mintaqaviy tashabbuslar va majburiyatlar to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish bo‘yicha taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Фойдали манбалар