Navoiy viloyati: Noqonuniy faoliyatga barham berildi
06.
04. 2020
13:21
5091
Yangiliklar

2020 yil 4 aprel kuni Navoiy viloyati Nurota tuman yashovchisi Ergashev Sh. tomonidan Nurota tumani Debaland daxasining Eski qishloq hududidan tabiiy holda o‘tgan soy yo‘li o‘zanidan noqonuniy ravishda umumtarqalgan yer osti boyligi bo‘lgan qum-shag‘alni hech qanday ruxsatsiz olib ketayotgan vaqtida Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining Nazorat inspektsiyasi hamda Nurota tumani Ekologiya inspektsiyasining inspektorlari tomonidan to‘xtatilib, qonunbuzilish holati aniqlandi.

Ushbu fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 70-moddasining 1- qismi bilan 2 mln 230 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar