Samarqand viloyati: Suv muhofaza zonasi – undan qum-shag‘al olish qonunga xilof!
03.
04. 2020
22:56
5538
Yangiliklar

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Jomboy va Ishtixon tuman ekologik nazorat sohasidagi inspektsiya tomonidan 2020 yil 24-26 mart kunlari o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Ishtixon tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Qoradaryo» daryosining suvni muhofaza qilish mintaqasidan Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro B. N. o‘z boshqaruvidagi ekskavator yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmalarini qazib olib, yuk avtomashinalariga yuklayotganiligi aniqlangan.

Bundan tashqari Jomboy tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Mirzapay» kanali suvni muhofaza qilish mintaqasidan, Jomboy tumanida yashovchi fuqaro Sh. T. o‘z boshqaruvidagi yuklagich yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmalarini qazib olib, yuk avtomashinalariga yuklab olayotganligi aniqlangan.

Huquqbuzar shaxslarning har biriga  O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan javobgarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, ya’ni 2 230 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar