O‘zbekiston ekologik munosabatlarni ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi
13.
02. 2024
20:01
1318
Янгиликлар

CMS COP14 doirasida 12-fevral kuni Samarqandda “Champion Night” tadbiri bo‘lib o‘tdi, unda ko‘chib yuruvchi turlarni saqlash borasidagi ulkan sa’y-harakatlari va sadoqatlari uchun yangi CMS chempionlari mukofotlandi.

Kecha davomida O‘zbekiston “2024–2026-yillarda ekologik aloqalarni ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun” faxriy mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zbekiston nomzodi sertifikatini CMS ijrochi kotibi Emi Frenkel Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovga  topshirdi.

Ma'lumot uchun: Tadbir CMS tomonidan ishlab chiqilgan tashabbuslarni ilgari surish va ularni barqaror qo'llab-quvvatlashni rag'batlantirishga qaratilgan "Migratory Species Champion" ("Ko'chib yuruvchi turlar chempionlari" dasturi doirasida bo'lib o'tdi.

Фойдали манбалар