Surxondaryoda qum bo‘ronlarining ta'sirini kamaytirish maqsadida 100 ming tup saksovul ko‘chatlari ekilmoqda
28.
12. 2023
12:03
1602
Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tomonidan "Kattaqum" cho‘lida qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish maqsadida saksovul ekish aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir doirasida viloyatning har bir hududida ming gektardan jami 15 ming gektar maydonga Qoraqalpog‘istondan keltirilgan 100 ming tup saksovul ko‘chatlari va 80 tonna urug‘ sepilishi maqsad qilingan.

Ta'kidlash joizki, Surxondaryoning janubiy tumanlari — Sherobod, Muzrabot, Angor va Termiz, shuningdek, Termiz shahrida barcha fasllarda kuzatiladigan kuchli shamollar hamda chang hodisalari, asosan, shimol va g‘arb tomondan, jumladan, Eron, Turkmaniston va qo‘shni Afg‘oniston hududlaridan kirib keladi.

Mutaxassislarga ko‘ra, viloyatda yil davomida 151 kungacha shamol va chang to‘zonlari kuzatiladi. Natijada havo dim va chang bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, inson salomatligi va atrof-muhitning musaffoligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Qayd etish kerakki, davlatimiz rahbarining Surxondaryoga tashrifi davomida ushbu muammoga ham e’tibor qaratilib, iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlarining oldini olish va chang-to‘zonning tasirini kamaytirish maqsadida cho‘l zonalarida saksovulzorlarni kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgandi. Hozirda bu borada amaliy ishlar, “yashil kamar”lar tashkil etish loyihasi boshlab yuborilgan. 

Ma'lumot uchun, "Yashil makon" loyihasining bahorgi ko'chat elish mavsumida viloyatning cho'l va dasht hududidagi 3 ming gektar yer maydonida 100 ming tup saksovul ko'chatlarini ekilib, 15 tonna urug' sepilgandi.

Фойдали манбалар