Xalqimizning manfaatlari va xohish-istaklarini inobatga olgan holda Bosh Qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, ekologiyani asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Konstitutsiyamizning 49-moddasida "Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega" ekanligi qonunan mustahkamlab qo'yildi. Bu aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga, bilimi va ko'nikmalarini oshirishga, shuningdek, atrof-muhitga befarq bo'lmagan, fidoyi avlod shakllanishiga xizmat qiladi.
Qadrli yurtdoshlar! Barchangizni eng ezgu qadriyatlar ifodasi va farovon kelajak kafolati bo'lgan Konstitutsiyamizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.