Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralarda yagona harakat strategiyasi mexanizmini ishlab chiqadi
06.
12. 2023
10:12
3627
Янгиликлар

BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasida (COP28) iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralar jarayonida Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy pozitsiyasi va ovozini mustahkamlash maqsadida Dubay (BAA) shahridagi O‘zbekiston milliy pavilyonida xalqaro hamjamiyat vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining iqlim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Zulfiya Suleymenova, Qirg‘iziston Respublikasi tabiat resurslari, ekologiya va texnik nazorat vaziri Melis Turg‘unboyev, Tojikiston atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Sheralizoda Bahodur va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Suna Park ishtirok etdi. 

Uchrashuvda tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining COP28 asosiy yo‘nalishlarida faolroq ishtirok etish istiqbollari va strategiyalarini muhokama qildilar. Yig‘ilish kun tartibidan inventarizatsiya hisoboti, yo‘qotishlar va zararlar fondi, iqlimni moliyalashtirish, shuningdek, Parij kelishuvining asosiy bandlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O'z navbatida, COP28 muzokaralari jarayonlari bo'yicha xalqaro kuzatuvchilar va maslahatchilar ishtirokchilarni muhokama sessiyalarining asosiy jihatlari bilan tanishtirdilar.

Tadbir yakunida Markaziy Osiyo davlatlarining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralar jarayonlarida yagona mintaqa sifatida rasmiy ishtirok etish mexanizmlarini ishlab chiqish taklif etildi.

Фойдали манбалар