Dala va aholi punktlarida xazon, shox-shabbalar yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqmang!
31.
10. 2023
12:14
2225
Янгиликлар

Dala va aholi punktlarida angʻiz, xazon va shox-shabbalarni yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlari, shu jumladan, gʻalladan boʻshagan somon poyalarini yoqib yuborish Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuning 4, 24-moddalarining buzilishiga olib keladi.

Ushbu huquqbuzarlik Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksi”ning 88-moddasi 3-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha (3,3 million so‘m) jarimaga sabab bo'ladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2006-yil 25-dekabrda 1647-son bilan davlat roʻyxatiga olingan nizomga muvofiq somon yoqilishi sababli ushbu yerdagi tuproq unumdorligining kamayishi oqibatida yetkazilgan zarar summasi majburiy tartibda undiriladi.

Diqqat! Somonpoya qoldiqlarini yoqish natijasida atmosferaga uglerod oksidi, azot oksidi, azot ikki oksidi, oltingugurt oksidi kabi zaharli moddalar ajralib chiqadi. Bu esa nafaqat ekologiya, balki insonlar salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug'diradi.

Shunday ekan, dala va aholi punktlarida angʻiz, xazon va shox-shabbalarni yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqmang! Unutmang, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish barchamizning fuqarolik burchimizdir!

Фойдали манбалар