Navoiy viloyatida huquqbuzar ichimlik suvini ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi
24.
10. 2023
12:32
2005
Янгиликлар

Navoiy viloyati, Nurota tumani Ekologiya bo‘limi  davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o'tkazildi. 

Reyd davomida «Ibn Sino» MFY hududida yashovchi fuqaro T.I. o‘ziga tegishli bo‘lgan qo‘lbola burg‘ilash qurilmasi bilan ishlash vaqtida ichimlik suvini ifloslantirganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan BHMning 3 barobari — 990 ming so'm jarimaga belgilandi.

Ekologiya vazirligi barchani tabiiy boyliklarni asrab-avaylashga, atrof-muhit musaffoligini saqlashga chaqiradi! Unutmang, atrof-muhit va sog'lom kelajak uchun barchamiz birdek mas'ulmiz!

Фойдали манбалар