2023-yilda atmosferaga 209 232 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olindi
05.
10. 2023
17:31
2667
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan har yili ikki bosqichda butun respublika bo‘yicha “Toza havo” oyligi o‘tkazildi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 16, 17 va 28-moddalari hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etib kelinmoqda. 

2023-yilda “Toza havo” oyligining I (10-apreldan 10-mayga qadar) va II (10-avgustdan 10-sentabriga qadar) bosqichlari davomida jami 318 556 ta avtotransport vositalari ekologik nazoratdan oʻtkazildi. Natijada tekshirilgan texnikalarning 8652 tasi yoki 2,75 foizi atmosferaga me’yoridan ortiq zaharli tashlamalar chiqarayotganligi aniqlandi. 

Ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qoʻpol ravishda buzgan 3329 ta avtotransport haydovchisiga nisbatan umumiy 553 153 mln soʻm jarima choralari qoʻllanildi hamda 2914 ta texnika vositasining harakati vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyildi.

Tekshirilgan avtotransport vositalarining 1043 tasi yoki 2,2 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori oʻrnatilgan meʼyorlardan yuqoriligi aniqlandi va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shaxobchalariga yuborildi.

Ta'kidlash joizki, “Toza havo” oyligi davomida atmosferaga jami 209 232 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olindi. Tadbirdan asosiy maqsad texnika vositalaridan atmosfera havosiga me'yoridan ortiq zaharli tashlamalar chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Фойдали манбалар