Kompleans nazorat: korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida o'quv kursi tashkil qilindi
05.
10. 2023
16:00
1816
Янгиликлар

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida "Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat" o‘quv kursi tashkil etildi. Unda Ekologiya vazirligi markaziy apparati, vazirlik huzuridagi O‘rmon xo'jaligi agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda vazirlik va hududiy bo‘linmalar xodimlari ishtirok etdi. 

Kursdan maqsad davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga tizimda korrupsiyaga qarshi kurashda nazariy bilimlar berishdir. 

Kurs davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xalqaro hujjatlar va tajriba, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimining kelib chiqishi, uning elementlari va asosiy yo‘nalishlariga alohida to'xtalib o'tildi. 

Ma'lumot uchun, korrupsiyaga qarshi komplaens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me'yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.

Shuningdek, xodimlarning odob-axloq qoidalari va ularga rioya qilmaslik uchun javobgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va uni hal qilish choralari hamda boshqa mavzularga ham e'tibor qaratildi.

O'quv kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Фойдали манбалар